Sayt test rejimida ishlamoqda!

2018-yilning aprel oyidan boshlab Ilg‘or texnologiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tarkibiga kirdi.Markaz olimlar, innovatorlar va tadbirkorlarga barcha ishtirokchilar va butun O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan qo‘shma yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratuvchi vazirlikning texnologik platformasi bo‘lib xizmat qiladi.Yuqori texnologiyalarni tijoratlashtirish va uzatishga prinsipial yangicha yondashuv markazning asosiy xususiyati hisoblanadi. Markazning vazifalari istiqbolli g‘oyalar va innovatsion ishlanmalarni shakllantirishga ko‘maklashish, shuningdek, asbob-uskunalar va infratuzilmani almashish asosida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Markaz tadqiqot va innovatsiyalarda yuqori standartlarni qo’llashda yetakchi bo’lishni maqsad qilgan. Mamlakat innovatsion ekotizimini rivojlantirishni ta’minlash va “innovatsion fikrlaydigan” yoshlarning yangi avlodini tayyorlash, jumladan, fan sohasida gender tengligini qo‘llab-quvvatlashda texnologik platforma bo‘lib xizmat qilish.Ilm-fan hayotning ajralmas qismi bo‘lgan tajribali olimlar uchun ham, yosh tadqiqotchi va ishlab chiquvchilar uchun ham Markaz eshiklari doimo ochiq.

 Markazning asosiy vazifalari 

  • ilg‘or texnologiyalar sohasida fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish;
  • maqsadli ilmiy-texnikaviy va innovatsion dasturlarni amalga oshirish, eksperimental tadqiqot tuzilmalarini yaratishga ko‘maklashish;
  • ilm-fanni talab qiluvchi va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, modellashtirish, prototiplash, yangi innovatsion mahsulotlar namunalarini ishlab chiqarish va ularni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etish; akademik, universitet va sanoat fanlari bilan samarali hamkorlik;
  • yangi istiqbolli g’oyalar va ishlanmalarni shakllantirishga ko’maklashish;
  • yoshlarning zamonaviy tadqiqot usullarini egallashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, axborot texnologiyalari imkoniyatlarini ilmiy amaliyotga joriy etish hamda xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash.Ayni paytda Markaz tarkibiga biotexnologiya, geofizika va nanominerologiya, skrining va molekulyar oʻzaro taʼsirlar, fizikaviy va kimyoviy tadqiqot usullari boʻyicha tadqiqotlar olib boruvchi 4 ta laboratoriya hamda tijoratlashtirish boʻlimi mavjud.