Sayt test rejimida ishlamoqda!
                          Laboratoriyaning faoliyati

Laboratoriya 2020-yil 25-noyabrdagi “ Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-sonli qaroriga muvofiq 2021-yilda tashkil etilgan.Laboratoriyaning ilmiy faoliyati kindik qonining gematopoetik o’zak hujayralari, mezenximal o’zak hujayralari va inson fibroblastlari bankini yaratish; ilmiy va tibbiy maqsadlarda sertifikatlangan odam va hayvonlar hujayralarining kriokollektsiyasini saqlash va to’ldirish; biotibbiy hujayra mahsulotlarini, shu jumladan rekonstruktiv va almashtirish terapiyasi uchun to’qima muhandislik tuzilmalarini  ishlab chiqish va qo’llashga qaratilgan.O‘zbekiston Respublikasining yetakchi mahalliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari mutaxassislari bilan birgalikda kobustiologiya, yuz-jag‘ rekonstruktiv xirurgiyasi sohasida avtologik hujayrali mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy va klinik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Ilmiy-tadqiqot loyihalari

O’zak xujayralar bankini yaratishga mo’ljallangan texnologik platforma yaratish. Loyiha rahbari Charishnikova O.S. «Стоматология, онкология, онкогемотология, травматология ва жарроҳлик учун ўзак ҳужайралари ва тўқимамуҳандислик қурилмалари асосида маҳсулотлар олиш технологиясини ишлаб чиқиш». Loyiha rahbarlari Тsiferova N.A. Tanglay nekrozini davolash uchun biotibbiy hujayra mahsulotini eksperimental klinik o’rganish. Loyiha rahbarlari Тsiferova N.A. va Charishnikova O.S. Hayvonlar va inson hujayralari liniyalari to’plamini yaratish va saqlash. Loyiha rahbari Тsiferova N.A.

2021-2025 yillarda ustuvor ilmiy yonalishlar

Biotibbiyot hujayra mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy-texnologik platformani tashkil etish;

Biotibbiyot hujayra mahsulotlarini ishlab chiqish;

Biotibbiyot hujayra texnologiyalarini klinikaga transfer qilish;

Amaliy sog’liqni saqlash tizimiga xujayra texnologiyalarni joriy etish.

O‘zbekiston tibbiyot  muassasalari  bilan hamkorlik

Toshkent davlat stomatologiya instituti (Tashkent State Dental institute)

Toshkent tibbiyot akademiyasi (Tashkent Medical Academy)

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

Republican Research Centre of Emergency Medicine

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi

Xalqaro ilmiy hamkorlik

«Belarus Milliy Fanlar Akademiyasining Biofizika va hujayra muhandisligi instituti» davlat ilmiy muassasasi. (ГНУ «Институт биофизики и клеточной инженерии НАН Беларуси»)

Rossiya Federatsiyasining Qozon (Volga viloyati) federal universiteti. (ФГАОУ ВО «Казанский(Приволжский) Федеральный университет» Российской Федерации»)

Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni Saqlash Davlat Byudjeti Muassasasi «Samara viloyat tibbiyot markazi – Dinastiya». (ГБУ здравоохранения РФ «Самарский областной медицинский центр Династия»)

“Regenerativ tibbiyot jamiyati” hududiy jamoat tashkiloti. (Региональная общественная организация «Общество регенеративной медицины»)