Sayt test rejimida ishlamoqda!
     
Fudomika laboratoriyasining asosiy yo’nalishlari

Fudomika laboratoriyasining asosiy maqsadi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud bo’lgan barcha moddalarni o’rganish. Laboratoriyamizda oziq-ovqat tarkibini, uning ozuqaviy xususiyatlari va sog’liqqa ta’sirini o’rganish uchun ilg’or tahliliy platformalardan foydalanamiz. Ilg’or metodlar oziq-ovqat mahsulotlarining sifat tahlili, soxtalashtirilgan mahsulotni aniqlash va oziq-ovqat ishlab chiqarishidagi muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.
Ayni paytda laboratoriya “Metabolom va genom profil qonuniyatlarini fudomiksga yo‘naltirilgan oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va aholi salomatligini muxofaza qilishga yondashuvning asosiy indikatorlari sifatida o‘rganish” fundamental grantini bajarmoqda.