Sayt test rejimida ishlamoqda!
Levitskaya Yuliya Vladimirovna
Biologiya fanlari nomzodi
 +99871 227-43-22 ichki (45-06)
 y.levitskaya@cat-science.uz

 


Ilmiy kotib vazifalari:

Ilmiy kotib ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarning jamlanma istiqbollari va yillik rejalari bo‘yicha takliflar tayyorlashga rahbarlik qiladi, shuningdek ularni birgalikda amalga oshirishda Markaz laboratoriyalari, tashkilot va korxonalar tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzu rejalarini muvofiqlashtiradi.

Belgilangan tematik rejalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda muassasa faoliyati bo‘yicha yig‘ma hisobotlar tayyorlanishi ustidan nazoratni tashkil etadi.

Muassasa faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, uning faoliyati samaradorligini oshirish, ish va boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha reja va dasturlarni ishlab chiqishda muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.

Ilmiy-texnikaviy kengash ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, ularning bajarilishini va kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Ilmiy maqolalarni nashr etish rejalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ularning ko‘rib chiqilishini, shuningdek, ilmiy konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, muhokamalar o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Xodimlarni attestatsiyadan o’tkazish, ularning faoliyatini baholash mezonlari va usullarini ishlab chiqishni tashkil qiladi.

Muassasaning ilmiy va yordamchi bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy xodimlarning stajirovkalarini o‘tash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.