Sayt test rejimida ishlamoqda!

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida vazirllika jami 20 ta topshiriq yuklatilgan bo‘lib, asosiy ijrochi sifatida 7 ta band, hamijrochi sifatida 13 ta bandda topshiriqlar belgilangan.

  1. Dasturni 85-bandida – Farmasevtika sanoatimahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80foizga yetkazish borasida 2022 yil mart oyi yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur band ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilg‘or texnologiyalar markazida biotexnologik tajriba-sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID-57612). Loyiha vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishildi hamda Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 2022-yil 28-martda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Mazkur qaror loyihasida Ilg‘or texnologiyalar markazi tuzilmasida biotexnologik preparatlarni, jumladan vaksinalar, koronovirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalar, hujayra preparatlari, gormonlar, antitanalar, oqsillar, peptidlarni tajriba-ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “CAT-Biotech” bo‘linmasini tashkil etish masalalari ham inobatga olingan.

VII. Dasturni 320-bandida – Koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalarni yaratish borasida 2022-yil mart oyi yakuniga qadar Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur band ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilg‘or texnologiyalar markazida biotexnologik tajriba-sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID-57612). Loyiha vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishildi hamda Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 2022-yil 28-martda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Ma’lumot uchun: Mazkur qaror loyihasida Ilg‘or texnologiyalar markazi tuzilmasida biotexnologik preparatlarni, jumladan vaksinalar, koronovirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod mahalliy vaksinalar, hujayra preparatlari, gormonlar, antitanalar, oqsillar, peptidlarni tajriba-ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “CAT-Biotech” bo‘linmasini tashkil etish masalalari ham inobatga olingan.