Sayt test rejimida ishlamoqda!
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
Vakant lavozim turi: Matbuot kotibligi
Umumiy qoidalar

Ilg’or texnologiyalar markaziga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligidan qat’i nazar, o‘zining kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi va sog‘lig‘iga ko‘ra markaz va yuqori turuvchi vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan o‘rnatilgan tartibda xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qabul qilinadi.
Quyidagilar ilg’or texnologiyalar markaziga ishga qabul qilinishi mumkin emas:
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
Ilg’or texnologiyalar markazida  ishlab turgan xodimi bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lsa (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari), agar ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qilishni taqozo qilsa;
ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlar taqdim etgan bo‘lsa;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.