Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi Ilg‘or texnologiyalar markazi faoliyatini o‘rgandi

Joriy yilning 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisli Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi.

O‘rganish ishlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisli Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ning 9-bandida ko‘zda tutilgan.

Tashrif davomida yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish, yosh mutaxassislarning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy startaplar ekotizimini rivojlantirish va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish masalalari muhokama qilindi.