Koronavirusga qarshi ikkinchi avlod vaksinasining xalqaro klinik sinovlariga start berildi

Joriy yilning 7 noyabr kuni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston va Xitoyda videokonferensiya shaklida Omikron-Delta shtammiga (yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi) qarshi yangi rekombinant oqsilli vaksinasining xalqaro klinik sinovini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir o‘rinbosari Shaxlo Turdiqulova, O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farxod Arziev, Virusologiya ITI direktori Erkin Musabaev, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov, Ichki ishlar vazirligi tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shuhrat Nishonov, akademik Gao Fu, Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi direktori Cao Jinghua, Xalqaro alyans kotibiyati ijrochi direktori «Bir makon, bir yo‘l» (ANSO) ilmiy tashkilotlari va Anhui Zhifeilongcom Biopharmaceutical Co., Ltd ijrochi prezidenti Tao Lifeng xonim hamda boshqa mutasaddilar klinik sinovga rasman start berish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda shuningdek Ilg‘or texnologiyalar markazi vakillari ham qatnashdi.

– O‘zbekiston yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlod vaksinasi hamkorlikda yaralib, tadqiqotlar va klinik sinovlar o‘tkazilayotganidan mamnunmiz, – dedi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

Akademik Gao Fu Xitoy va O‘zbekistonning ikki tomonlama sa’y-harakatlari bilan ZF2001 yoki ZF-UZ-VAC-2001 yangi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi avlodi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgani va butun dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq doza qo‘llanilib, global epidemiyaga qarshi kurashga katta hissa qo‘shilganini alohida ta’kidladi. Yangi koronavirus vaksinasining ikkinchi avlodi Omicron-Delta ikki valentli protein subunit vaksinasidir. Virus prototipiga asoslangan birinchi avlod vaksinasi bilan solishtirganda, yangi vaksina kengroq va kuchliroq immun reaksiyasini keltirib chiqaradi, hozirda keng tarqalgan Omikron subvariantlarini qamrab oladi va Omikronning ko‘tarilishi davrida yangi koronavirus pandemiyasini nazorat qilishga muhim hissa qo‘shadi.
Ikkinchi avlod oqsil vaksinasining antigenlari yangi koronavirusning Delta va Omikron mutatsiya shtammlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular hozirda keng tarqalgan yangi koronavirus Omikron mutatsiya shtammlaridan yaxshiroq himoya qilishi kutilmoqda. Omikron shtammining yangi mutatsiyasi butun dunyoda davom etayotgan bir paytda, COVID-19 pandemiyasiga qarshi Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari o‘z hissasini qo‘shgan holda samarali va uzoq muddatli himoya vaksinasini yaratishga umid qilmoqda.