InnoWeek.uz doirasida Fan va innovatsiyalar konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 20 oktyabr kuni InnoWeek.uz doirasida Ilg‘or texnologiyalar markazida “Fan va innovatsiyalar” yosh olimlarning xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. .
Konferensiya davomida biologiya, fizika, kimyo, geologiya, IT-texnologiyalar sohasida ilmiy-amaliy tajriba, g‘oya va yutuqlar almashildi, shuningdek, fan yutuqlari va innovatsion jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalari muhokama qilindi.