Moliya-iqtisod bo’limi
Raxmatov Zohid Akramovich
Bosh hisobchi
 +99871 227-43-16 ichki (45-03)
 z.raxmatov@cat-science.uz

Xodimlar soni:3


Majburiyatlari
  • Markaz buxgalteriyasi ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, buxgalteriya xodimlarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi;
  • Buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
  • Markazga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun byudjet so‘rovlarini ishlab chiqishni, xarajatlar smetasini tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishni, shuningdek, ularning ijrosi nazoratini tashkillashtiradi;
  • Moliyaviy hisobotlar va buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini nazorat qiladi;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;
  • Markaz xodimlarining ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqishni va to‘lanishini tashkil etadi;