Dalimova Dilbar Akbarovna II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri Dalimova Dilbar Akbarovna II darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi jamoasi Dilbar Akbarovnani davlat mukofoti bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

    https://uza.uz/uz/posts