Biotexnologlar tomonidan ishlab chiqilgan test tizimiga patent berildi.

Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologlari tomonidan ishlab chiqilgan test tizimiga adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan respublikada ilk bor «Teskari transkripsiyali ayni vaqtdagi polimeraza zanjirli reaksiyasi usuliyordamida SARS-CoV-2 koronavirusi RNK sini aniqlash uchun reagentlar to‘plami»ga №FAP 02010 raqamli patent berildi.Mazkur COVID-19 koronavirusini aniqlash bo‘yicha test tizimi koronavirus pandemiyasigacha O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologlari tomonidan ishlab chiqilgan. Uni “Biotest- LAB” MChJ startapi tomonidan ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.«Biotest- SARS-CoV-2» reagentlar to‘plami o‘tkir respirator sindrom COVID-19 ni qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV-2 koronavirusining RNKsini «real vaqt» rejimida PZR usulida burun-halqum shilliq pardasidan olingan surtmadan aniqlash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu to‘plam koronavirus genomining ikki sohasida – RdRP va N genlarida COVID-19 o‘tkir respiratorli infeksiyani klinik va diagnostik tekshirish uchun mo‘ljallangan, test natijalari qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydi. Mahalliy PZR test sistemasiga reaksiyalarning sifatini tekshiruvchi ko‘rsatkichlar ham kiritilgan. Bu ekspress-test emas, balki to‘laqonli test bo‘lib, natijalar 5-6 soatdan keyin aniq bo‘ladi hamda faqat maxsus laboratoriyalarda qo‘llash mumkin.«Biotest – SARS-CoV-2» reagentlar to‘plami O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida 2020 yil 7 mayda ro‘yxatga olingan (ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi TB/IVI 00395/05/2CYu-sonli guvohnoma). Bugungi kunda mazkur