Markaz va N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Milliy tadqiqot tibbiyot universiteti vakillari – Rossiya Milliy ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti Toshkent filiali direktori, Innovatsiyalar bo’yicha prorektor Dmitriy Alekseevich Shagin va tibbiyot fakulteti kimyo kafedrasi mudiri, tibbiy kimyo va toksikologiya kafedrasi mudiri, Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti tadqiqot va sinov markazi direktori Negrebetskiy Vadim Vitalievich bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.Tashrif davomida qo’shma ilmiy loyihalar, texnologiyalar transferi va tibbiyot hamda biologiya fanlari sohasida malakali kadrlar tayyorlash doirasida hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari muhokama qilindi.N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti shifokorlar, farmatsevtlar, klinik psixologlar, ijtimoiy xodimlar, shuningdek, noyob tibbiy ilmiy kadrlar (tibbiy biokimyo, tibbiy kibernetika, tibbiy biofizika mutaxassislari) uchun malaka oshirishni ta’minlaydigan etakchi ilmiy va o’quv tibbiyot markazi.