Janubiy Koreya biotexnologiya kompaniyasi direktori Chxve Su Yong boshchiligidagi delegatsiya markazga tashrif buyurdi.

28 sentyabr kuni Eutilex Co., Ltd. (Janubiy Koreya) biotexnologiya kompaniyasi direktori Chxve Su Yong boshchiligidagi delegatsiya Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi. Uning asosiy faoliyati CAR-T texnologiyasi va T-hujayra terapiyasi asosida immunoterapevtik preparatlarni ishlab chiqishdir.Muzokaralar yakunida Ilg‘or texnologiyalar markazi va Eutilex Co., Ltd. o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolash, shuningdek qo‘shma ilmiy loyihalar, texnologiyalar transferi, immunoterapevtik CAR-T va T-hujayra dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish sohasida kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi tafsilotlari muhokama qilindi.