ICBA bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya markazga tashrif buyurdi.

Joriy ilning 26 sentyabr kuni  Birlashgan Arab Amirliklari Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) bosh direktori, professor Tarifa Al Zaabi xonim boshchiligidagi delegatsiya Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Ilg‘or texnologiyalar markazining ilmiy-tadqiqot maydonlari va laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek qo‘shma ilmiy loyihalar doirasidagi hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.