Yosh olimlarni yetakchi ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʼtkazilgan tanlovlar birinchi bosqich natijalari

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222 – son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomga va Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʼrinlarda-Vazirlik) huzuridagi Maxsus ekspert guruhining 2022-yil 12-sentyabrda tasdiqlangan 102-son yigʼilish bayoni qaroriga asosan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

484 nafar yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish maqsadida oʼtkazilgan birinchi bosqich saralash tanlovdan oʼtgan, shuningdek, ikkinchi bosqich saralash tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar yigʼma roʼyxati 1-ilova; 79 nafar yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish maqsadida oʼtkazilgan birinchi bosqich saralash tanlovda rad etilgan nomzodlar yigʼma roʼyxati 2-ilova muvofiq maʼqullandi; nomzodlarning stajirovka dasturi taqdimot himoyasi boʼyicha ikkinchi bosqich saralash tanlovi 1-ilovaga muvofiq belgilangan ish kunlarida oʼtkazilishi hamda roʼyxat boʼyicha taklif etilishi belgilandi; mazkur Nizom va Maxsus ekspert guruhining yigʼilish bayoni qarori bilan maqsadli tanlovlar boʼyicha nomzodlarning ikkinchi bosqich taqdimot himoyasi saralash tanlovlarini oʼtkazish tartibi belgilandi. Jumladan, maqsadli tanlovlar boʼyicha nomzodlarning ilmiy stajirovka dasturi taqdimot himoyasini oʼtkazish “Zoom” platformasida onlayn formatda videokonferentsiya shaklida tashkil etiladi shu bilan birga, ixtiyoriy ravishda Vazirlik binosiga taqdimot himoyasini oʼtkazish uchun nomzodlar kelishi mumkin; videokonferentsiyaga kirish ID-kodlari Vazirlik masʼul xodimlari tomonidan onlayn tarzda barchaga maʼlum qilinadi; nomzodlar taqdimot himoyasini oʼtkazish uchun kamida 5 daqiqa vaqt ajratiladi; saralash tanlovlarning ikkinchi bosqichida nomzodlar oʼz stajirovka dasturlarini chet tilida taqdimot (prezentatsiya) koʼrinishida himoyasini oʼtkazadilar; taqdimot himoyasida nomzodlar tanlangan tadqiqot ishini qisqa, loʼnda va asoslangan holda ochib berishi yuzasidan puxta tayyorgarlik koʼrgan holda ishtirok etishlari talab qilinadi.

Caralash tanlovning ikkinchi bosqichi taqdimot himoyasida ishtirok etmagan (kelmagan) nomzodlarning hujjatlari Maxsus ekspert guruhining qaroriga asosan rad etilishi mumkin;

Maxsus ekspert guruhi yakuniy xulosa tayyorlashda quyidagi mezonlarga amal qiladi:

Nomzodlar taqdimot himoyasida xorijiy tillarni oʼzining ish faoliyatini amalga oshirishda zarur boʼlgan darajada bilishi va qoʼllay olishi 30 ballgacha;

stajirovka maqsad va vazifalarining dolzarbligi hamda ilmiy yoki iqtisodiy samaradorligi  40 ballgacha; stajirovkaning oliy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilotning yoʼnalishlari, ehtiyojlari va talablariga mosligi 30 ballgacha.

Taqdimot natijalariga asosan kamida 60 ball toʼplagan nomzodlar Maxsus ekspert guruhi qarori bilan gʼolib deb topiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 1-ilovada keltirilgan nomzodlarni yakuniy bosqich saralash tanlovlarga puxta tayyorgarlik koʼrgan holda ishtirok etishini taʼminlashingizni soʼraymiz.

Qoʼshimcha maʼlumotlar olish uchun:

Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob – uskunalari xaridini tashkil etish boʼlimi boshligʼi S. Taxirov

tel: (90) 989 24 05, elektron manzil: s.takhirov@minninovation.uz

Yetakchi mutaxassisi S. Sultonov, tel: (94) 420 68 70  elektron manzil: s.sultanov@mininnovation.uz