Markaz mutaxassislari O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun o‘quv-geofizik amaliyot o‘tkazdi

Ilg‘or texnologiyalar markazi va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida qo‘shma ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy faoliyat sohasida hamkorlik va sheriklik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandumga muvofiq, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan Oqsoq-ota poligonidagi “Ilg‘or texnologiyalar markazi”ning geofizik uskunalari kompleksidan foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzildi. O‘zMU “GEOLOGIYA VA GEOINFORMATSIYA TIZIMLARI” fakulteti 166 nafar 2-kurs bakalavrlari.

Ilg‘or texnologiyalar markazining “Geofizika va nanomineralogiya” laboratoriyasi xodimlari Zakirov Azamat, Musayev Ulug‘bek, Yanbuxtin Ilyos va Ilhom Alimuhamedovlar O‘zMU talabalariga o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Oqsoq-ota hududi tog‘ jinslarining asosiy turlarini, tektonik tuzilmalarni, geologik hodisalar va jarayonlarni, turli turdagi foydali qazilmalarni o‘rganish uchun ajoyib sinov maydoni hisoblanadi. Talabalar nazariy materialni mustahkamladilar, zamonaviy geofizik uskunalar bilan ishlashni o‘rgandilar.