Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari Navoiy viloyat sanoat ob’ektlariga tashrif buyurdi

2022 — 2026 yillarda O’zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida  Prezident maslahatchisi o’rinbosari Galina Saidova,
innovatsion rivojlanish vazir o’rinbosari Shaxlo Turdiqulova tarkibidagi ishchi guruh Navoiy viloyat sanoat korxonalariga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh NKMK, PETRAWOOL, NAVOIY ELEKTROREMONT, SAADET CERAMICS, TIANCHENG STONE, UZBEKISTAN HYDROGEN PEROXIDE, STANDART SERVIS NUROBOD, ZARAFSHON INDUSTRY TECHNOLOGY, Gazgan Marble Group, G’ARDIYON TEXTILE, QIZILTEPA QORAKO’L KLASTERI, «Navoiyazot», «Kontinaz QK» kabi korxonalarda amaliyotda joriy qilingan ilg’or texnologiyalar va innovatsion ishlanmalar, shuningdek Fanlar Akademiyasi Navoiy bo’limi loyihalari bilan tanishdi.